Новости

GM AVTOMOBILLARI TIKO

Image

O'zbekistonda Tico avto-brendi muvaffaqiyati

 

 

O’zini tejamkorligi bilan Tico brendi kimga maqul kelmadi?


Meni o’ylantirayotgan mavzu O’zbekistonda ishlab chiqarilgan ajoyib Tico yengil avtomobillari haqida so’z ochmoqchiman. Ob'ekt allaqachon o’tmishda qoldi, lekin yurakdagi yara hali xam bitgani yo’q. Nima uchun shu qulay, ixcham va katta shaharda harakatlanish uchun ayni muddao bo’lgan mashinalar sotuvdan umuman yo’q bo’lib ketdi?

Menimcha bunday bo’lishiga sabab shundaki, bu avtomobillarda butun iqtisodiy vaziyatni qolga olgan biznes-doiralar daromad manbaini topmaganida, chunki tiko benzinni juda tejaydi. Neft esa qora oltin, xalq cho’ntagidan pulni tortib oladigan nasos. Afsuski, foydali qazilmalardan oqilona foydalanishga qaratilgan harakatlar bu sohaga bevosita aloqadaor bo’lganlar tomonidan amalga oshirilmaydi. Oddiy xalq esa bu vaziyatda hech qanday yordam berolmaydi. Hamma milliarderlar ham qachonlardir oddiy insonlar bo’lgan, ammo shu pul aylanish mexanizmiga aralashib, ularga vijdon, insof, burch kabi tushunchalar bilan vidolashishga to’g’ri kelgan deb hisoblaymiz. Ular milliarder bo’lishga majbur bo’lganligi haqida o’ylab o’zimishga sal bo’lsa ham taskin beramiz. Biroq buni tasavvur qilish ham oson emas.

Keling, yaxshisi mavzuga qaytaylik, aks holda juda ham chuqurlashib ketyapmiz. Bunaqada o’zimizga chuqur ham qazib olishimiz mumkin  Tiko haqida ko’p narsa bilaman. O’zim uni 8 yilga yaqin haydaganman. Keyin oilada ba'zi muammolar bo’lib, sotib yuborishga to’g’ri keldi. 5 yildan keyin uni yana sotib olmoqchi bo’ldim. Hatto bir nechta variantlarni topdim. Lekin uni ishlab chiqarish to’xtatilgan edi va meni ehtiyot qismlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar uchrashi mumkinligi ikkilantirib qo’ydi. Shundan keyin bir nechta mashinani minib ko’rdim. Tiko kabi temir do’st topmadim. Men boylikka o’ch emasman va oddiy yashayman. Shuning uchun ham menga faqat bir manzildan ikkinchi manzilga eltadigan vosita kerak xolos. Afsuski, aynan shuni oylikka yashamaydigan va har bir so’mni sanab o’tirmaydigan boshqalar buni istamadi.

Sevimli avtomobildan qolgan yaxshi taassurotlarimni hech kim yodimdan chiqarib tashlolmaydi. Uni hozirgidek eslayman va u haqida gapirib bermoqchiman. Tashqi ko’rinishidan uni yapon mashinasi Oka bilan adashtirish oson.

 

 (enoc, enoc.uz, avtoservis, moshina ustalari, moshina bozor,)

Kimdir u korroziyaga moyil degan edi. Uni yetarlicha minib ayta olamanki, bu noto’g’ri. Hatto ulanish joylarida ham korroziya hosil bo’lmagan. Salon maksimal darajada sig’uvchan. Keng oyna ancha joyni ko’rishga imkon beradi. Yuqori potolok men kabi bo’yi baland insonlarga ham (sal kam 2 metr) bemalol o’tirishga imkon beradi. Taxlanadigan o’rindiqlar yordamida divan, televizor, muzlatgichlarni ko’chirganman. Dvigatel karbyuratorli, 3 silindrli. Ortiqcha bir tomchi ham moy qo’ymaganman. Albatta tikoda ham qator kamchiliklar bor, biroq qaysi mashinada ular yo’q? Shuning uchun ham tanlash huquqini iste'molchilarga qoldirish to’g’riroq. Daewoo ishlab chiqaruvchilar buni avtomobilda kerakli xavfsizlik choralar ta'minlanmaganligi bilan tushuntirdi. Unda ular ishlab chiqargunga qadar nima haqida o’ylagan edi? Nahotki hammasini e'tiborlik bilan o’rganib chiqishni iloji bo’lmagan? Bu yerda qanaqadir gap borligi aniq edi.

Qolaversa, nega ular to’satdan bizning xavfsizligimiz haqida bosh qotira boshladi? Undan ko’ra mashinani o’z fuqarolariga chet eldan arzonroq qilib sotish yo’llarini o’ylasin. Bu qanaqa mahalliy aholi huquqlarini toptash bo’ldi? Axir bu xalq ustidan kulish bilan tengdir. Yaxshi ham Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz va rublni tushib ketishi sodir bo’ldi: bizning avtomobillar talabsiz qoldi. Hech bo’lmaganda bir muammo hal bo’ldi - 1 yillik kutishlar. Oldin odamlar pul to’lagandan keyin 1 yil navbatda turib mashina olgan. Bu davr mobaynida oshgan narx farqini to’lash kerak bo’lgan. Bu barcha iqtisodiy qonunlarga va mantiqqa xilof.

Chet el mashinasini sotib olish ham juda qiyin ish. Bunda hukumat haridorlarni sotqin deb o‘ylasa kerak. Shuning uchun xoin ikki barovar ko’proq to’lasin degan. Aks holda katta miqdordagi boj to’lovini qanday tushinish mumkin? Fikr yuritish uchun boshqa mavzular qatorida quydagilarni maslahat berishim mumkin: Nima uchun teshilmaydigan va dami chiqmaydigan shinalarga bo’lgan patent yirik avtomobil kompaniyalari tomonidan sotib olingan edi? Nima uchun benzinni ataylab sifatsiz qilishadi? Javob oddiy: odamlar ko’proq shina sotib olishsin, yomon benzin ta'sirida ishdan chiqqan ehtiyot qismlarini tez-tez almashtirishsin va h.k.

Ammo biz yana boshqa mavzuni ko’tardik. Tiko brendi men uchun eng sevimli avtomobil. Endi u avtomobil industriyasi antikvariatiga aylanadi va meni amalga oshmagan orzuim bo’lib qoladi.